Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karatechilarimiz xalqaro musobaqada zafar quchmoqda
22:09 / 2023-02-25

Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra turnirida mamlakatimiz karatechilari WKF yo‘nalishi bo‘yicha “Yoshlar ligasi” musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

67 ta davlatning 1200 nafarga yaqin karatechilari qatnashayotgan bahslarda 48 kilogramm vaznda hamyurtimiz Gulshan Alimardonova oltin medalga musharraf bo‘ldi.

Shuningdek, ortda qolgan turnir bahslarida hamyurtlarimizdan 76 kilogrammda Islombek Ismatullayev kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari, nufuzli musobaqalarning g‘oliblari ishtirokidagi bahslar davom etmoqda, deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.

T.Ro‘ziyev,O‘zA