Karatechilarimiz Osiyo chempionatini 8 medal bilan boshlandi
Qozog‘istonda karate WKF bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini sportchilarimiz muvaffaqiyatli boshladi.
Chempionatning ilk kunida vazni -54 kg. bo‘lgan Mohinur Teshaboyeva hamda -61 kg. vazn toifasida Saida Musaxonova oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Bekzod Zoirov o‘z vazn va yosh toifasida kumush, Humoyunmirzo Halimov, Isomiddin Karimov Sardor Bahromov, Abdulaziz Rasulov va Diyora Po‘latova bronza medali bilan taqdirlandi.
Shu tariqa musobaqaning birinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamg‘ardi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA