Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karatechilarimiz Avstriyaga joʻnab ketdi
22:44 / 2019-02-25

Avstriyaning Zalsburg shahrida 1-3 mart kunlari karate (WKF) boʻyicha “Karate-1 A seriya” turkumiga kiruvchi xalqaro turnir oʻtkaziladi.


Avstriyaning Zalsburg shahrida 1-3 mart kunlari karate (WKF) boʻyicha “Karate-1 A seriya” turkumiga kiruvchi xalqaro turnir oʻtkaziladi.

Bugun karate boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan musobaqada ishtirok etish uchun Zalsburgga joʻnab ketdi.

Mazkur musobaqada terma jamoamiz sharafini Sherzod Rahimqulov, Bekzod Tuygʻunov (-60 kg), Asilbek Madaminov, Akmal Choriyev (-67kg), Jahonshoh Ibrohimov (-75 kg), Abdulaziz Otaboyev (-84 kg) himoya qiladi.