Karate: Ostona musobaqalarida 21 ta medal qo‘lga kiritildi
Qozog‘istonning Ostona shahrida karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar va kichik o‘smirlar terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan «Qozog'iston open» xalqaro turnirida mamlakatimiz karatechilari 21 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Ostona tatamilarida o‘tkazilgan shiddatli janglar sarhisobiga ko‘ra, mamlakatimiz karatechilari 7 ta oltin, 3 ta kumush va 11 ta bronza medaliga musharraf bo‘ldi. Ularning jasorati va irodasi evaziga qo‘lga kiritilgan g‘alabalar va sovrinlar tufayli qo‘shni Qozog‘iston sport majmuasida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyamiz baralla yangradi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA