Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karate mutaxassislari uchun seminar o‘tkazilmoqda
14:25 / 2026-01-06

Shu kunlarda poytaxtimizdagi "Olimpiya shaharchasi"da O‘zbekiston karate WKF assotsiatsiyasi hakamlari hamda murabbiylari uchun xalqaro seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Osiyo karate federatsiyasi bosh hakami Mansur Al-Sultan, hakamlar komissiyasi a’zosi Jaber Muhammad Alzaabi va xalqaro toifadagi hakam Moldagali Askar ishtirokida o‘tkazilayotgan seminar mashg‘ulotlarida yurtimizning turli sport maktablari va seksiyalarida yoshlarga karate mashg‘ulotlarini o‘tab kelayotgan murabbiylar, musobaqalarni boshqarishda qatnashib kelayotgan hakamlar va karate mutaxassislari qatnashmoqda.

Amaliy va nazariy mashg‘ulotlar davomida xalqaro sport maydonida, xususan karate yo‘nalishidagi o‘zgarishlar, musobaqalar va sportchilarning harakatlarini baholashda kommunikatsiya tizimlaridan foydalanish tamoyillari, o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarning texnik-taktik usullari kabi bir qator mavzular haqida so‘z yuritilmoqda.

Seminarda joriy yil Yaponiya mezbonligida o‘tadigan qit’a o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan karate bellashuvlarini boshqarishga jalb etiladigan mutaxassislar qanday talablarga javob berishi kerakligi masalasi ham ko‘rib chiqildi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA