Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
KARATE: Faqat Barno Mirzayeva sovringa yaqinlashdi, qolganlari esa...
20:18 / 2020-01-30

Fransiya poytaxti Parij shahrida karate boʻyicha boʻlib oʻtgan nufuzli “Premyer Liga” turniri hamyurtlarimiz uchun muvaffaqiyat keltirmadi.


Fransiya poytaxti Parij shahrida karate boʻyicha boʻlib oʻtgan nufuzli “Premyer Liga” turniri hamyurtlarimiz uchun muvaffaqiyat keltirmadi.

Musobaqada -61 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Barno Mirzayeva sovrinli oʻrinlarga yaqinlashgandi. Biroq, u bronza medali uchun kechgan bahsda fransiyalik raqibasini yenga olmadi.

Shahob Sultonov, Oʻktam Bekpoʻlatov, Dilnoza Bakirova ustozligidagi terma jamoamizning qolgan aʼzolari — Sadriddin Saymatov, Iqboljon Uzoqov, Dostonbek Otabolayev, Bahriniso Boboyeva va Sevinch Rahimovaga mazkur turnirda omad kulib boqmadi.