Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karate: Chirchiqda O‘zbekiston kubogi g‘oliblari aniqlanadi
10:49 / 2022-09-29

Bugun, 29 sentyabr kuni Chirchiq shahridagi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya sport universiteti majmuasida karate bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi mamlakat kubogi bahslari boshlandi.

Yurtimizning barcha hududlaridan yosh karatechilar ishtirok etayotgan mazkur musobaqalar ikki kun davom etadi.

1-2 oktyabr kunlari esa kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi bahslari tashkil etiladi.

Karate bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar kengashi ma’lumotiga ko‘ra, har ikkala musobaqa yakunlariga ko‘ra, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida milliy terma jamoa tarkibi shakllantiriladi.

Aynan Chirchiq tatamilarida o‘z mahoratini namoyish etib, terma jamoa tarkibidan joy olgan karatechilar joriy yilning 16-20 dekabr kunlari poytaxtimizda o‘tadigan WKF turkumiga kiruvchi Osiyo chempionatida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

 

T.Ro‘ziyev, O‘zA