French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karate bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi
11:04 / 2024-03-13

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-noyabrdagi “Karate (WKF) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ushbu sport turi bo‘yicha trener va mutaxassislar salohiyatini oshirish maqsadida o‘quv-seminar tashkil etish va o‘tkazish belgilangan.

Kuni kecha Sport vazirligi hamda O‘zbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi hamkorligida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida o‘tkazilgan seminar-treningda mamlakatimizning turli hududlaridan 100 dan ortiq karate (WKF) mutaxassislari ishtirok etdi.  

Karate bo‘yicha trener va mutaxassislar ishtirok etgan seminar-trening davomida tajribali ekspertlar mahoratli sportchilarni tayyorlashda murabbiylarning bilimi, ma’naviy saviyasi, o‘qituvchilik qobiliyati muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.  

Seminar davomida murabbiy va mutaxassislarga karate sportining xalqaro tashkilotlari, o‘tkaziladigan eng asosiy musobaqalar taqvimi, yosh sportchilarni mashg‘ulotlarga jalb etish, mahoratli karatechilarni tayyorlashdagi texnik-taktik yo‘nalishlar xususida tushunchalar berildi.  

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA