Karantinga olingan shaxslarga maʼlum imtiyozlar tatbiq etiladi
Bu haqida Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Oʻrinboyeva AOKA oʻtkazilgan brifingda javob berdi.
Bu haqida Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Oʻrinboyeva AOKA oʻtkazilgan brifingda javob berdi.
“Oʻzini yakkalash” – bu karantinga oid chora-tadbirlarning bir qismi. Karantin yoki karantinga oid tadbirlar keng qamrovli tushuncha boʻlib, unda vakolatli organ (bugungi kundagi maxsus komissiya) aholini yuqumli va parazitar kasalliklardan himoya qilish maqsadida turli cheklovlarni, tartiblarni joriy etadi. Demak, “oʻzini yakkalash” hayot tarzi ham muayyan maʼnoda karantin boʻlib, uning doirasida amalga oshiriladi. Uydan chiqish cheklanayapti. Ularning farqli jihatlari qanday?
Avvalo, karantinga olingan shaxslar tibbiyot yoki sanitariya-epidemiologiya xodimlarining doimiy kuzatuvi va nazorati ostida boʻladi. “Oʻzini yakkalash” hayot tarzida esa fuqaro tibbiy kuzatuv yoki nazorat ostida boʻlmaydi.
Karantinga olingan shaxslarga maʼlum imtiyozlar tatbiq etiladi. Misol uchun, karantinga olingan shaxslar “vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz” deb topiladi va buning uchun ularga ish joyidan toʻlov joriy qilinadi, “Oʻzini yakkalash” hayot tarzida esa shaxsga mehnatga layoqatsizlik varaqasi toʻlab berilmaydi, u karantin qoidalariga rioya qilgan holda ishlashi va ishga borib-kelishi mumkin.
“Oʻzini yakkalash” boʻyicha oʻrnatilgan karantin cheklovlarini buzish epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish hisoblanadi va buning uchun fuqarolarga 4 million 460 ming soʻmdan 6 million 690 ming soʻmgacha, mansabdor shaxslarga esa 6 million 690 ming soʻmdan 11 million 150 ming soʻmgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”.
Shuningdek, maxsus komissiya qarorlarining matnlari hech qanday joyda nashr etilmayotganiga ham izoh berildi.
- Maxsus komissiya qarorlari bayonnoma koʻrinishida rasmiylashtiriladi. Maxsus komissiya yuz berayotgan hodisalarga nisbatan tezkor javob berish maqsadida tashkil etilgan. Qarorlarning aholi va yuridik shaxslarga tegishli qismlari Maxsus komissiyaning rasmiy bayonoti tarzida eʼlon qilinmoqda.
Markaziy telekanallar orqali toʻgʻridan-toʻgʻri jonli efirga uzatilayotgan brifinglar qabul qilinayotgan qarorlarni tushuntirishga qaratilgan. Har bir qarorni ixtisoslashgan mutaxassislar sodda tilda tushuntirib bormoqda.
Bundan tashqari, Komissiyaning qarorlarini targʻib qilishga maxsus komissiya va barcha davlat organlari safarbar qilingan.