English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karantindan qochgan shaxsga jinoiy ish qoʻzgʻatildi
16:52 / 2020-03-21

Xabaringiz bor, hozirgi kunda turli xorijiy davlatlardan Oʻzbekistonga qaytarilayotan fuqarolar karantinga olinmoqda.


Xabaringiz bor, hozirgi kunda turli xorijiy davlatlardan Oʻzbekistonga qaytarilayotan fuqarolar karantinga olinmoqda.

Karantin davri 14 kun boʻlib, shu vaqtda karantinga olingan shaxslarda koronavirus infeksiyasi bor yoki yoʻqligi aniqlanadi. Bu esa kasallikning ommaviy tarqalib ketmasligi uchun juda muhim.

Ammo karantinda saqlanayotgan shaxslar buning mohiyatini yaxshi tushunmayotgani sir emas. Hatto karantin hududidan qochib ketish holatlari ham uchramoqda. Samarqand viloyatida karantinda boʻlgan shaxs — 1954-yilda tugʻilgan fuqaro Topgan. E. belgilangan tartib qoidalarga amal qilmay, qochib ketgan.

Toshkent viloyati Parkent tumani ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan oʻz uyida ushlangan parkentlik bu shaxs ehtiyot chorasi sifatida izolyatsiyaga olingan.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, 19-mart kuni Rossiyaning Samara shahridan Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelgan poyezd yoʻlovchilari, epidemik vaziyatdan kelib chiqib, oʻrnatilgan tartibda, Samarqand viloyatida tashkil etilgan karantin markazlariga joylashtirilgan.

Ushlangan shaxsga Jinoyat kodeksining 257(1)-moddasi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Natijasi boʻyicha batafsil maʼlumot beriladi.

Eslatib oʻtamiz, epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun qonunda jinoiy javobgarlik belgilangan.

Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, odamlarning ommaviy kasallanishiga olib kelsa, 11 mln 150 ming soʻmdan 22 mln 300 ming soʻmgacha miqdorda jarima solish yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha qilmish odamning oʻlimiga sabab boʻlsa, 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha qilmish odamlarning oʻlimiga sabab boʻlsa, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.