Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karantinda saqlanayotganlar orasida bu infeksiyani yuqtirib olgan shaxs aniqlansa, qolganlarning karantin muddati nima boʻladi?
22:43 / 2020-04-06

Bunday vaziyatda qolgan fuqarolar uchun karantin muddati qaytadan boshlanadi.

Dolzarb savolga aniq javob

JAVOB: Bunday vaziyatda qolgan fuqarolar uchun karantin muddati qaytadan boshlanadi.

SAVOL: Xayriya yordami faqat Toshkent shahri fuqarolari uchunmi? “1197” raqamiga telefon qilsam, menga xayriya yordami faqat Toshkent shahri uchun, deb aytishdi. Toshkent viloyati Toʻytepa tumanida yashayman. Nogironman, 2 nafar farzandim bor, turmush oʻrtogʻim ishlamaydi. 700 ming soʻm pensiya bilan qanday yashay?

JAVOB: Yoʻq, faqat Toshkent shahri uchun emas. Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan yakka tartibdagi xayriya aksiyalari joriy yilning 1-aprelidan eʼtiboran vaqtincha toʻxtatilgan. Endilikda xayriya aksiyalari markazlashgan tartibda Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari orqali amalga oshirilmoqda.

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boʻlimlari hokimliklar bilan birgalikda joylardagi ehtiyojmand oilalar, yolgʻiz keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining boshqa yordamga muhtoj qatlami haqidagi maʼlumotni hududiy tegishliligi boʻyicha Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlariga taqdim etadi.

Markazlar har birining alohida telefon raqamlari mavjud. Toshkent viloyati markazining telefon raqami: (99) 693-07-77, (93) 919-99-09.

SAVOL: Oʻz-oʻzini yakkalash hayot tarzi fuqarolarning xohishiga koʻrami yoki karantin hamma uchun majburiymi?

JAVOB: Bugungi kungacha oʻz-oʻzini yakkalash hayot tarzi doirasida faqat 65 yoshdan yuqori yoshda boʻlgan va surunkali kasalligi boʻlgan fuqarolar uyidan zaruratsiz tashqariga chiqmasliklari soʻralayotgan edi.

6-apreldan boshlab, oʻz-oʻzini yakkalash hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etiladi. Bugundan boshlab sababsiz uydan koʻchaga chiqmaslik belgilandi.

SAVOL: Agar sababsiz uydan koʻchaga chiqilsa qonunchilikda qanday javobgarlik nazarda tutilgan?

JAVOB: Inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish fuqarolarga 4 million 460 ming soʻmdan 6 million 690 ming soʻmgacha, mansabdor shaxslarga 6 million 690 ming soʻmdan 11 million 150 ming soʻmgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Agar ushbu harakatlar natijasida odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa, bunday shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Savollarga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi Gʻaybullo Primov javob berdi.