Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karantinda mahsulot ishlab chiqarish hajmi kamaymadi
19:24 / 2020-05-07

Viloyat mahalliy byudjetiga joriy yil I chorak uchun belgilangan 429,9 milliard soʻm prognoz 482,4 milliard soʻm (112%)ga yoki 52,5 milliard soʻm ortigʻi bilan taʼminlandi.


Davlatimiz rahbari tomonidan “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmon qabul qilindi.

Mazkur hujjat favqulodda yuzaga kelgan virusning taʼsiri kengayib ketmasligi uchun oʻz vaqtida chora koʻrish, jumladan, iqtisodiy vazifalarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish, iqtisodiy inqiroz oqibatlarini yumshatish hamda bartaraf etishga sharoit yaratdi.

Buxoro viloyatida koronavirus pandemiyasi taʼsiriga qarshi 916 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlarga 660,1 million soʻmlik mol-mulk soligʻi, 1053 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlarga 570,4 million soʻmlik yer soligʻi, 469 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlarga 2,3 million soʻmlik suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha penyalar, shuningdek, jami viloyatda roʻyxatdan oʻtgan 1 ming 411 ta korxona va tashkilotlarning 1232,7 million soʻmlik penya summasi toʻxtatib qoʻyildi. Ularning soliq qarzlariga majburiy undiruv choralarini koʻrmaslik belgilandi.

Davlat soliq qoʻmitasi va viloyatning tegishli tashkilotlari saʼy-harakatlari bilan olib borilgan samarali chora-tadbirlar natijasida Kogon tumanida faoliyat yuritayotgan, yuqori sifatli qurilish mollari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “KNAUF GIPS BUXORO” MCHJ xorijiy korxonasi faoliyatiga pandemiya taʼsir qilmadi.

Joriy yil mart oyida korxonaning realizatsiya hajmi 325,7 milliard soʻmni tashkil etgan boʻlsa, korxona pandemiya oqibatlari avj olgan aprel oyida ham 132 ta ish oʻrinlarini yoʻqotmasdan faoliyatini davom ettirdi. Natijada 267,6 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqardi.

“KNAUF GIPS BUXORO” MCHJ xorijiy korxonasi namunali soliq toʻlovchi boʻlganligi sabab, ushbu korxona belgilangan tartibda 2019-yil davomida yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, jismoniy shaxslarning daromad soligʻi, mol-mulk soligʻi va QQSdan jami boʻlib, 10,1 milliard soʻmlik imtiyozdan foydalangan.

Viloyat DSB Matbuot xizmatining bildirishicha, joylarda koronavirus pandemiyasining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar natijasida viloyat boʻyicha byudjet daromadlariga joriy yil I choragi uchun belgilangan 442,1 milliard soʻm prognoz 488 milliard soʻmga yoki 110,4 foizga (45,8 mlrd.soʻm ortigʻi bilan) bajarildi.

Viloyat mahalliy byudjetiga joriy yil I chorak uchun belgilangan 429,9 milliard soʻm prognoz 482,4 milliard soʻm (112%)ga yoki 52,5 milliard soʻm ortigʻi bilan taʼminlandi.