Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karantin xizmati — dehqonga ko‘makchi
11:36 / 2026-02-18

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyatida 260 gektardan ortiq maydonda sanoatlashgan zamonaviy issiqxonalar tashkil etilgan bo‘lib, ushbu maydonlardan samarali foydalanish orqali yil davomida mahsulot yetishtirish imkoniyati yaratilgan.

Aniq ixtisoslashuv asosida issiqxonalarning 86 gektarida pomidor, 24 gektarida bodring, 4 gektarida esa bulg‘or va achchiq qalampir parvarish qilinmoqda.

Yuqori hosildorlikni ta’minlash, o‘simliklarni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish hamda fitosanitar talablarga qat’iy rioya etish maqsadida tizimli fitomonitoring ishlari olib borilmoqda.

Mazkur chora-tadbirlar O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan 2026-yil 15-yanvardan 16-fevralga qadar e’lon qilingan “Dolzarb 30 kunlik” tadbirlari doirasida amalga oshirilmoqda.

Tadbir doirasida “Karantin xizmati — dehqonga ko‘makchi” shiori ostida hududlardagi issiqxonalarda zararli organizmlarga qarshi uyg‘unlashgan kurash choralari qo‘llanilmoqda. Karantin inspektorlari agroklasterlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda aholi tomorqalaridagi issiqxonalarni xatlovdan o‘tkazib, fitosanitar nazoratni kuchaytirgan.

Shuningdek, fitosanitar laboratoriya mutaxassislari sayyor mobil laboratoriyalar orqali joylarda tezkor tahlil ishlarini amalga oshirmoqda. O‘simliklardan namunalar olinib, tahlil natijalari asosida dehqonlarga amaliy tavsiyalar berilmoqda. Bu esa kasallik va zararkunandalar tarqalishining oldini olishga xizmat qilmoqda.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA