Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karantin xizmati – dehqonga ko‘makchi
19:02 / 2025-12-18

Sirdaryo viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda 2025 yil davomida “Karantin xizmati – dehqonga ko‘makchi” tamoyili asosida amalga oshirilgan ishlar, sohada erishilgan natijalar va ustuvor vazifalar xususida atroflicha ma’lumot berildi.

Anjumanda ta’kidlanganidek, joriy yil davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, karantin ostidagi zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari hamda zaharli va zararli o‘tlarni o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, qishloq hududlari, fermer xo‘jaliklari maydonlari, karantinga oid mahsulotlar qabul qilinadigan va jo‘natiladigan maxsus hududlar, shuningdek, import va eksport qilinayotgan mahsulotlar qat’iy fitosanitar nazoratdan o‘tkazildi.

Joylarda aniqlangan karantin organizmlariga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilgan, karantin organizmlaridan xoli bo‘lgan mahsulotlarga fitosanitar sertifikatlar hamda boshqa me’yoriy hujjatlar rasmiylashtirib berilgani qayd etildi.

Ma’lum qilinishicha, O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi fitosanitar davlat inspektorlari tomonidan joriy yilda jami 387 ming 931 gektar yer maydonida monitoring o‘tkazilgan. Shu orqali zararli organizmlarni barvaqt aniqlash va ularning tarqalishini cheklash imkoni yaratildi.

Shuningdek, 2025 yilning 9 oyi davomida tadbirkorlik sub’ektlaridan kelib tushgan elektron arizalar asosida karantin organizmlaridan xoli bo‘lgan karantinga oid yuklarga  814 ta ichki fitosanitar sertifikat rasmiylashtirib berildi. Bu esa tadbirkorlar uchun qulaylik yaratish, hujjatlashtirish jarayonlarini shaffof va tezkor tashkil etishga xizmat qilmoqda.

Matbuot anjumani yakunida jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga sohaviy mutaxassislar batafsil javob berib, fitosanitar xavfsizlikni ta’minlash, dehqon va fermerlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etishdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri