Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karantin talablari yumshatilsa Oʻzbekistonda masjidlar faoliyatiga ruxsat berilishi mumkin
13:55 / 2020-08-10

Bunda hududlarning epidemiologik holati inobatga olinadi, sanitariya talablariga qatʼiy amal qilishga eʼtibor qaratiladi.


Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasida diniy soha vakillari ishtirokida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.

Taʼkidlanganidek, agar Respublika maxsus komissiyasi karantin talablarini yumshatish haqida qaror qilsa, 15-avgustdan bosqichma-bosqich masjidlar faoliyati qayta tiklanishi mumkin.

Bunda hududlarning epidemiologik holati inobatga olinadi, sanitariya talablariga qatʼiy amal qilishga eʼtibor qaratiladi.

Yigʻilishda, shuningdek, diniy soha xodimlarining koronavirus pandemiyasi davridagi faoliyatini yana-da takomillashtirish va moddiy qoʻllab-quvvatlash, masjidlarning holatini yaxshilash maqsadida davlat tomonidan 150 milliard soʻm “Vaqf” fondiga oʻtkazib berilgani aytilgan.