Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karantin sabab tadbirkorlar muammolari masofadan hal etilyapti
20:14 / 2020-04-14

Bugun butun yer sharini qamrab olayotgan epidemiologik vaziyat ming afsuski, Oʻzbekistonni ham chetlab oʻtmadi.


Bugun butun yer sharini qamrab olayotgan epidemiologik vaziyat ming afsuski, Oʻzbekistonni ham chetlab oʻtmadi. Pandemiya nafaqat xalqimiz salomatligi va farovonligiga balki, mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham jiddiy xavf tugʻdirmoqda.

Ularga qarshi keskin kurashish, murakkab vaziyatlarning oldini olish va iqtisodiy inqiroz choralarini yumshatish maqsadida davlatimiz rahbari va hukumat tomonidan aniq vazifalar belgilangan. Jumladan, Prezidentimizning 2 ta muhim Farmoni imzolandi va hukumatning tegishli choralari belgilangan.

Xabaringiz bor, bu jarayonda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat mulki uchun ijara, investitsiya majburiyatlari bajarilishi, bankrotlik va xususiylashtirishdagi xarid toʻlovlari kabi masalalarda tadbirkorlar bilan yelkama-yelka turib, olib borilayotgan siyosatni, yaratilayotgan sharoitlarni ularga tezkor yetkazib, masalalarning ijobiy yechimida koʻmakchi boʻlmoqda.

Eng muhimi, bugun bu ishlar markaziy apparat va hududiy boshqarmalar kesimida mamlakatimizdagi karantin qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda “Uyda qoling” tamoyili asosida masofadan turib, bajarilmoqda. Agentlikda maxsus onlayn shtab tuzilib, tadbirkorlik subyektlari vakillarining dardini eshitadigan, ularning murojaatlarini tezkor va samarali yechishga xizmat qiladigan qisqa 1082 va ishonch raqamlari yoʻlga qoʻyildi. Tadbirkorlar va aholidan bir necha yuzlab murojaatlar kelmoqda.

Jumladan, 31-mart 13-aprel holatiga koʻra, jami kelib tushgan murojaatlar soni 2 428 tani tashkil etdi. Ularning 57 tasi aynan davlat mulkining ijarasi, bankrotlik, xususiylashtirish, investitsiya majburiyatlari va “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi yoʻnalishlariga tegishlidir. Qolgan murojaatlar esa, davlat xizmatlari, mahalla fuqarolar yigʻinlari, hokimliklar, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, sogʻliqni saqlash, telekommunikatsiya, kredit, bozorlardagi narx-navo kabi masalalar boʻlib, ularning ham ijobiy yechimida fuqarolarga qayerga murojaat qilishlari yuzasidan tegishli maslahatlar berib kelinmoqda.

Xabaringiz bor, koronavirus pandemiyasi tarqalishi munosabati bilan bir qancha sohalar faoliyati toʻxtatilgan. Ular orasida davlat mulkini ijaraga olib ishlatayotgan tadbirkorlar ham bor. Prezidentimizning tegishli farmoniga koʻra, mazkur tadbirkorlik subyektlari karantin davrida foydalanmagan muddati uchun ijara toʻlamaydi.

Agentlik tomonidan ushbu yoʻnalishda jami 12 500 dan ortiq davlat mulki obyektini ijaraga olgan tadbirkorlar bilan birma-bir gaplashib chiqildi. Ularning murojaatini yengillashtirish maqsadida elektron arizalar nusxalari tayyorlandi va joʻnatildi. Natijada joriy yilning 9-aprel holatiga koʻra, 9979 ta tadbirkorni karantin davri uchun (taʼlim tizimi, turizm, maishiy xizmat turlari va h.k. sohalarda) shartnomada keltirilgan toʻlovlardan ozod etish boʻyicha tegishli qaror qabul qilingan.

Bundan tashqari, karantin sababli 157 ta tadbirkor E-ijro auksion savdolari orqali ijaraga olingan davlat mulki uchun tuziladigan shartnomani rasmiylashtirish muddatini (20 kun) uzaytirib berishni soʻragan. Bu masalaning ham yechish choralari koʻrilmoqda. Bundan tashqari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida oʻtkazilgan savdo natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalar elektron tarzda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻllanilgan holda rasmiylashtirilishi va gʻolibga elektron tarzda yetkazilishi yoʻlga qoʻyilmoqda. Ushbu QR-kodli bayonnoma egalik (yoki foydalanish) huquqini rasmiylashtirishga asos boʻladi.

Bugungi kunda davlat aktivlariga investitsiya kiritayotgan 1 320 ta investor bilan birma-bir gaplashib chiqildi. Ularning muammolari oʻrganildi. Shundan 330 dan ortiq investor pandemiya sababli investitsiya majburiyatlarini oʻz vaqtida bajara olmasliklari ehtimoli borligini aytib, shartnoma muddatlarini uzaytirishni soʻragan. Hududlar kesimiga eʼtibor qaratsak, eng koʻp murojaatlar Andijon (51 ta), Buxoro (50 ta), Fargʻona (43 ta), Toshkent viloyatida (38 ta), Qashqadaryo hududida esa, (24 tani) tashkil etmoqda.

Koʻrilgan tezkor choralar natijasida Inqirozga qarshi kurashish Respublika maxsus komissiyasining qarorlariga koʻra, mazkur shartnomalar muddatlarini uzaytirish choralari koʻrildi.

Shu bilan birga iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan bankrotlik ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisida arizalar koʻrib chiqilishini 2020-yil 1-oktyabrga qadar toʻxtatish va bankrotlik taomillari olib borilayotgan korxonalarda bankrotlik ishlarini vaqtincha toʻxtatib turishni soʻrab Oliy sud, Davlat soliq qoʻmitasiga murojaat qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sud rayosati qaroriga asosan iqtisodiy sudlarda bankrotlikka doir ishlarni koʻrish toʻxtatilgan.

Shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlari, kuzatuv kengashlari yigʻilishlarining shaffofligi va masofadan turib oʻtkazilishini taʼminlash, aksiyadorlar va Kuzatuv kengashlari aʼzolariga qulaylik yaratish, kun tartibidagi masalalar boʻyicha qayerda boʻlishidan qatʼiy nazar ovoz berish maqsadida “eVOTE – Elektron ovoz berish” yagona platformasi yaratildi va ayni damda sinovdan oʻtkazilmoqda.

Davlat aktivlarini boshqarish
agentligi axborot xizmati