Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karantin qoidasini mensimagan haydovchi bir kishining umriga zomin boʻldi
12:28 / 2020-04-15

Jizzax viloyatining Doʻstlik tumanida yuz bergan yoʻl-transport hodisasida piyoda halok boʻldi.


Jizzax viloyatining Doʻstlik tumanida yuz bergan yoʻl-transport hodisasida piyoda halok boʻldi. Ushbu fojia haydovchinig karantin qoidalarini mensimasligi natijasida sodir etildi.

Tumanning Sanoatchilar mahallasi hududidan oʻtuvchi avtomobil yoʻlida Mevazor mahallasida istiqomat qiluvchi 1985-yilda tugʻilgan fuqaro maxsus ruxsatnomasiz “Lasetti” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib shu yoʻnalishda harkatlanayotgan 1970-yilda tugʻilgan erkak kishini urib yuborgan.

Natijada mashinaning tagida qolib ketgan kishi bosh miya yopiq lat yeyishi jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish boʻlimida vafot etdi.

Jamiyatning qonun-qoidalariga, ayniqsa hozirgi favqulodda vaziyatlarda rioya qilmaslik oqibati yaxshilikka olib kelmaydi. Ushbu holatda ham bir kishining ushbu qoida buzishi qancha odamning boshiga kulfat keltirdi. Bir kishi hayotdan bevaqt ketdi, bir oila boquvchisidan judo boʻldi.

Jinoyat sodir etgan qoidabuzar albatta qonuniy jazolanadi. Ammo qancha odamlarning yuragida jamiyatda belgilangan tartibni buzuvchi boʻlmaganida, ushbu fojia boʻlmasdi degan bir umrlik armon qoladi.

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda eng samarali yoʻl hozircha karantin qoidalariga amal qilish boʻlib turganligi bugun isbot talab etmaydigan haqiqatga aylandi. Biroq yurtdoshlarimiz orasida ana shu oddiy haqiqatni anglab yetmay oʻzining ham, oʻzgalarning ham hayotini xatarga qoʻyayotganlar kamaymayotgani achinarlidir.

Jumladan, ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatining maʼlumotiga koʻra mamlakatimizda karantin tadbirlari eʼlon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar Jizzax viloyatida belgilangan qoidalariga amal qilmaslik bilan bogʻliq jami 2 ming 115 ta holat sodir etilgan.

Oʻzingizning va boshqalarning hayotini xatarga qoʻymaslik uchun belgilangan karantin talablariga rioya qiling, deb yana ogohlantiramiz.