Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karantin qoidasini buzgan fuqaro 5 million soʻmdan ortiq jarima toʻladi
11:25 / 2020-04-24

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraoʻzak tumani fuqarosi A.K ga karantin qoidalarini buzganligi uchun 5 mln 575 ming soʻm jarima belgilandi.


Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraoʻzak tumani fuqarosi A.K ga karantin qoidalarini buzganligi uchun 5 mln 575 ming soʻm jarima belgilandi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxtakoʻpir tumani maʼmuriy sudi maʼlumotiga koʻra, 2020-yil 21-aprel kuni Qoraoʻzak tumani ichki ishlar boʻlimi tomonidan kelib tushgan fuqaro A.K ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi va 54-moddasi 2-qismi bilan toʻplangan maʼmuriy ish materiali koʻrib chiqildi.

“Hozirgi paytda respublikamizda COVID-19 koronavirus infeksiyasining keng tarqalishining oldini olish maqsadida karantin qoidalari joriy etilganligiga qaramasdan, fuqaro A.K 2020-yil 29-mart kuni oʻzining Neksiya rusumli avtomashinasida Nukus shahridan Taxtakoʻpir tumaniga kelayotgan vaqtida, Qoraoʻzak tumani hududiga kirar joyda oʻrnatilgan karantin postida oʻzining avtomashinasini maxsus vositalar bilan dezinfeksiya ishlarini qildirishdan bosh tortib, majburiy karantin qoidalarini buzib, ushbu posttagi dezinfeksiya ishlarini oʻtkazuvchi xodimlarga shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi har-hil gaplarni aytib, ularni haqorat qilgan” deyiladi sud maʼlumotida.

Yuqoridagi harakatlari bilan fuqaro A.K Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi va 54-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 34-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 25 (yigirma besh) baravari, yaʼni 5 mln 575 ming soʻm jarima jazosi tayinlandi.