Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karantin qoidasini buzgan 3 shaxsga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanildi
15:51 / 2020-03-27

Karantin qoidalarini buzish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.


Karantin qoidalarini buzish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi. Qoidalarning qoʻpol tarzda buzilishi esa jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidovning OʻzAga maʼlum qilishicha, shu kunga qadar, Jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro, Denov tuman va Chirchiq shahar sudlari chiqargan ajrimlariga muvofiq, Jinoyat kodeksining 25, 257-1-moddasi 1-qismi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari boʻyicha jami 3 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi.