English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karantin paytidagi firibgarlik yoxud gaz taʼminoti ishchisining nayrangi fosh boʻldi
11:40 / 2020-04-04

Mazkur holat yuzasidan boʻlim tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tegishliligi boʻyicha Nukus shahar prokuraturasiga yuborildi.


Barchamizga maʼlum, butun dunyo boʻylab hukm surayotgan koronavirus pandemiyasi afsuski, bizning mamlakatimizni ham chetlab oʻtmadi va hukumatimiz tomonidan ana shu kasallikning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha keng qamrovli tezkor choralar koʻrilmoqda.

Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, barcha kuch va imkoniyatlar koronavirus pandemiyasi bilan kurashishga qaratilgan bir paytda, taʼminotchi korxona xodimi aholining ogʻirini yengil qilish oʻrniga qilgan qilmishi, yumshoq qilib aytganda, juda oʻrinsiz nazarimizda.

Jumladan, Majburiy ijro byurosining Nukus shahar boʻlimiga fuqaro D.M. ariza bilan murojaat qilib, unda yangi qurilgan uyiga hujjatlarini rasmiylashtirishga Nukus shahar gaz taʼminoti korxonasiga borganida, ushbu tashkilot xodimi N. ismli shaxs fuqaroning ishonchiga kirib, hujjatlarni tayyorlab berish evaziga 470 000 soʻm pul talab qilib olganligi va shu kunga qadar hech qanday tegishli hujjatlar rasmiylashtirmasdan, aldab kelayotganligini bildirib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Murojaat yuzasidan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbir natijasida yuqorida aytilgan masʼul shaxs fuqarodan olgan pullarining bir qismini qaytarib berayotgan paytida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Mazkur holat yuzasidan boʻlim tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tegishliligi boʻyicha Nukus shahar prokuraturasiga yuborildi.