English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karantin paytida “Chelsi” futbolchilari nimadan norozi?
00:22 / 2020-04-19

Londonning “Chelsi” klubi futbolchilari rahbariyat bilan muzokaralar chogʻida maoshlarini 30 foizga qisqartirish boʻyicha taklifga rozi boʻlishmadi, deb xabar berdi The Guardian.


Londonning “Chelsi” klubi futbolchilari rahbariyat bilan muzokaralar chogʻida maoshlarini 30 foizga qisqartirish boʻyicha taklifga rozi boʻlishmadi, deb xabar berdi The Guardian.

Qayd etilishicha, oʻyinchilar nomidan ushbu muzokaralarda ishtirok etgan sardor Sesar Aspilikueta jamoadoshlari ish haqlarining 10 foizidangina voz kechishga tayyor ekanliklarini bildirgan.

Xabaringiz bor, aprel oyi boshida Angliya premyer ligasi koronavirus infeksiyasi pandemiyasi sabab nomaʼlum muddatga kechiktirilgan edi. Oʻshanda barcha klublar vakillari oʻyinchilar bilan yillik maoshlarini 30 foizgacha qisqartirish boʻyicha maslahatlashuvlar olib borishga kelishib olishgandi.

Ayni paytga kelib faqatgina “Sautgempton” futbolchilar maoshlari kamaytirilganini maʼlum qildi, biroq qancha miqdorda qisqartirilganiga oydinlik kiritmadi.

Maʼlumot uchun, 18-aprelda Buyuk Britaniyada koronavirusni yuqtirish bilan bogʻliq holatlar qariyb 110 mingtaga yetdi, 15 mingga yaqin bemor vafot etdi.