Karantin muddati tugagan yurtdoshlarimiz oʻz manzillariga yetkazilmoqda
Maʼlumki, yangi turdagi koronavirus infeksiyasi – KOVID-19 ning mamlakatimizga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida xorijdan qaytarilgan vatandoshlarimiz karantinga joylashtirilgan edi.
Maʼlumki, yangi turdagi koronavirus infeksiyasi – KOVID-19 ning mamlakatimizga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida xorijdan qaytarilgan vatandoshlarimiz karantinga joylashtirilgan edi.
Jumladan, Erondan olib kelingan 37 nafar va Latviya davlatidan qaytgan 175 nafar kishi Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi hamda “Kosonsoy” sihatgohida karantin kuzatuviga olingan edilar. Bugun ularning karantin muddatini tugadi.
“Oʻztemiryoʻl ”14 kun mobaynida shifokorlar kuzatuvida boʻlgan 212 nafar yurtdoshlarimizdan 187 nafari respublikamizning turli hududlarida istiqomat qilishlarini inobatga olinib, ular uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan “Namangan – Toshkent – Urganch” yoʻnalishida maxsus 901-sonli yoʻlovchi poyezdida oʻz yashash manzillariga yetkazib qoʻyiladi.
Toʻliq dizinfeksiyalangan vagonlardan tashkil topgan mazkur yoʻlovchi poyezdi 31-mart kuni soat 09:00 da Namangan temir yoʻl vokzalidan harakatini boshladi, harakat jadvaliga koʻra 1-aprel kuni soat 14:57 da Urganch vokzaliga kirib boradi.