English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karantin markazida fuqaro nega oʻz joniga qasd qilgan?
15:00 / 2020-06-22

Bosh prokuratura “Oʻrtasaroy” karantin markazida 42 yoshli fuqaro oʻz joniga qasd qilganligi holati yuzasidan bayonot berdi.


Bosh prokuratura “Oʻrtasaroy” karantin markazida 42 yoshli fuqaro oʻz joniga qasd qilganligi holati yuzasidan bayonot berdi.

Aniqlanishicha, Fargʻona viloyatida yashagan fuqaro S.S. 2020-yil 20-iyun kuni Yuqorichirchiq tumanidagi “Oʻrtasaroy” karantin markazida oʻzi yotgan xonaga oʻrnatilgan konditsionerning tashqi tomondagi parragiga choyshab bilan nomaʼlum sabablarga koʻra oʻzini osganligi oqibatida vafot etgan.

Ish hujjatlariga koʻra, S.S. 2020-yil 15-iyun kuni Oʻzbekiston havo yoʻllari tomonidan tashkil qilingan charter reys orqali “Moskva-Toshkent” yoʻnalishida Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan va “Covid-19” koronavirusiga chalingan yoki chalinmaganligini aniqlash maqsadida Yuqorichirchiq tumanidagi “Oʻrtasaroy” karantin markaziga joylashtirilgan va undan koronavirusga surtma olingan.

Mazkur holat yuzasidan tushuntirish bergan A.E. joriy yilning 15-iyun kuni charter reys orqali “Moskva-Toshkent” yoʻnalishida Oʻzbekistonga kelganligi va “Oʻrtasaroy” karantin markaziga olib kelinganligini, shu kunning oʻzida bir xonaga toʻrt kishi boʻlib kirishganligini, ularning biri yaʼni S.S. oʻzini yomon tutib kasallikka chalinganligini aytib ular bilan turishni xohlamaganini, yarim soatlarcha xonaning hovlisida oʻtirganini, shundan soʻng shifokorlar kelib u bilan suhbatlashib, uni alohida xonaga joylashtirganini bayon qilgan.

Shuningdek, “Oʻrtasaroy” karantin markaziga xizmatga kelgan, Toshkent shahar Olmazor tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinika shifokori Sh.M. ning holat yuzasidan bergan tushuntirishida fuqaro S.S. karantin hududiga joylashtirilgan kundan boshlab oʻzini agressiv tuta boshlagani, ovqat yeyishni xohlamagani, virusga chalinganligini aytib u bilan birga joylashtirilgan shaxslarga kasallik yuqtirishi mumkinligini va ular bilan birga turishni xohlamagan holda boshqa konteynerga joylashtirishlarini talab qilganini, shundan soʻng blokda tinchlik saqlash maqsadida S.S. boshqa xonaga oʻtkazilgani, 16-iyun S.S. psixiatr koʻrigidan oʻtganligini bayon qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Yuqorichirchiq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Virusologiya markazi tomonidan taqdim qilingan yoʻllanma natijasiga koʻra S.S.da “Covid-19” koronavirusi aniqlanmagan.