Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karantin davrida “hech kim bilmaydi” deb oʻylagan isteʼmolchi adashdi
16:30 / 2020-04-27

Shu oʻrinda taʼkidlaymizki, har bir isteʼmolchi birinchi navbatda foydalanilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz uchun har oyning 10 sanasiga qadar toʻlab borishlari lozim.


Maʼlumki, elektr energiyasi, tabiiy gazdan tejab-tergab foydalanish, foydalanilgan bu neʼmatlar uchun vaqtida toʻlovni amalga oshirish har bir isteʼmolchining burchidir. Biroq, ana shu masʼuliyatni unutgan ayrim isteʼmolchilar elektr energiyasi, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelishayotgani bugungi karantinli davrda ham uchramoqda.

Masalan, Majburiy ijro byurosining Namangan tuman boʻlimi xodimlari tomonidan “Qoʻqonqishloq” mahallasida yashovchi fuqaro T.Tursunovning xonadonida joriy yil 16-aprel kuni toʻlov intizomiga amal qilishi, tarmoqlardan foydalanishi oʻrganiladi. Oʻrganish davomida esa isteʼmolchining yuzi shuvut boʻldi. Gap shundaki, u yashash xonadonidagi tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan noqonuniy ulanib foydalanib kelgan. Qoidabuzar fuqaro ushbu harakati bilan taʼminotchi korxona manfaatiga salkam 500 ming soʻm zarar yetkazgani maʼlum boʻldi.

Shu oʻrinda taʼkidlaymizki, har bir isteʼmolchi birinchi navbatda foydalanilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz uchun har oyning 10 sanasiga qadar toʻlab borishlari lozim. Bundan tashqari, tarmoqlardan faqatgina qonuniy yoʻllar orqali foydalanish maqsadga muvofiq. Shunda ortiqcha ovoragarchilikka, zarar hamda jarima summasini toʻlashga oʻrin qolmaydi.