Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kapitulyatsiya ziddiyatni hal etmaydi...
14:08 / 2023-09-29

Rossiya-Ukraina

AQSH Kongressi Vakillar palatasi mamlakatning kelasi yil uchun mudofaa byudjeti loyihasidan Ukrainaga 300 million dollar ajratish to‘g‘risidagi bandni chiqarib tashladi. Bu haqda “C-SPAN” telekanali ma’lum qildi.

AQSH Kongressi va mamlakat xalqi Ukrainani qo‘llashdan voz kechish niyatida emas, dedi Davlat kotibi Entoni Blinken.

“Kongressda bu qarashga qarshi chiqayotganlar bor, ikkala palatadagi ko‘pchilik Kiyevni qo‘llash tarafdori”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hududlaridan voz kechish hisobiga ziddiyatni hal etish to‘g‘risidagi qarorni Kiyev hal etishi kerak.

Ukrainaning kapitulyatsiyasi tinchlik keltirmaydi, balki mamlakat okkupatsiyasiga olib keladi. Bu haqda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Kiyevda bayonot berdi.

Alyans matbuot xizmati xabarida uning so‘zlaridan quyidagi iqtibos keltirilgan:

- Rossiya bugun mojaroga barham berishi mumkin, Ukrainada esa bunday imkoniyat yo‘q. Ukrainaning kapitulyatsiyasi tinchlik, degani emas, bu Rossiyaning jiddiy okkupatsiyasidir.

Erondan Rossiyaga yetkazib berilgan raketalar haqida ma’lumot yo‘q, degan Stoltenberg.

AQSH Prezidenti Jo Bayden 20 oktyabr kuni Vashingtonda Yevrokomissiya va Yevropa kengashi rahbarlari Ursula fon der Lyayen va Sharl Mishelni qabul qiladi.

Tomonlar kelgusida Ukrainaga yordam berish, shuningdek, iqtisodiyot va zamonaviy texnologiyalar bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishadi, deb ma’lum qildi Oq uy matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Bayden lavozimga kelgandan keyin o‘tkaziladigan AQSH - YeI sammitidir.

Ukrainaga AQSH qurol-aslahalari yetkazib berilishi sustlashuvi mamlakat federal hukumati ishi to‘xtatilishiga bog‘liq bo‘ladi, dedi mudofaa vazirining moliya masalasi bo‘yicha o‘rinbosari Maykl Makkord “Bloomberg” agentligiga. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pentagonda Kongressning Kiyevga qo‘shimcha besh milliard dollarlik qurol-aslaha, harbiy texnika jo‘natishga ruxsati bor.

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Germaniya kansleri Olaf Shols bilan muzokaradan so‘ng, respublika Ukraina inqirozini hal etishda boshqa davlatlar bergan variantlarni qo‘llab-quvvatlaydi, deya bayonot berdi.

Buyuk Britaniya Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishda davom etadi, dedi qirollik mudofaa vaziri Grant Shepps.

“Biz o‘n minglab ukrainalik askarni tayyorgarlikdan o‘tkazdik, millionlab funt sterlingga yuz minglab o‘q-dori yetkazib berdik, ushbu mamlakatga iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatdik”, dedi u.

Pokiston Ukraina inqirozida, shuningdek G‘arb, Rossiya va Xitoy o‘rtasida kuchayib borayotgan raqobatda betaraf pozitsiyasini saqlab qoladi. Bu haqda “The Washington Post” nashriga mamlakat muvaqqat hukumati rahbari Anvar Ul-Haq Kakar aytgan.

Ukraina hukumati tomonidan Polshaga qarshi munosabat bildirilishi ukrainaliklarga xayrixohlik kayfiyatini susaytiradi, dedi respublika qishloq xo‘jaligi vaziri Robert Telus.

G‘arb davlatlari Ukrainaga tobora kamroq mablag‘ ajratmoqda, Kiyevga ham moliyaviy yordam so‘rash tobora og‘irlashmoqda, dedi vazir Sergey Marchenko “Rada” telekanaliga.

Ukraina Korrupsiyaning oldini olish milliy agentligi Rossiyadagi 47 ta olmos kompaniyasiga sanksiya kiritish uchun nomzodlar ro‘yxatini tayyorladi. Agentlik bayonotida “Rossiya olmos yetkazib berish bo‘yicha yirik davlat bo‘lib qolmoqda, shuning uchun RFdagi olmosni qazib olish, qayta ishlash va sotish kompaniyalarining 47 tasiga nisbatan sanksiya joriy etish taklifi hozirlanmoqda”, deyilgan.

Abror XON, O‘zA