Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tashkil etiladi
Mamlakat kapital bozorining holatini yaxshilash, iqtisodiyotning real sektoriga uzoq muddatli va toʻgʻridan-toʻgʻri, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha mavjud imkoniyatlarni kengaytirish va koʻzlangan islohotlarni samarali amalga oshirishdagi ustuvor vazifalar davlatimiz rahbarining 2019 yil 14 yanvardagi “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida belgilab qoʻyildi.
Mamlakat kapital bozorining holatini yaxshilash, iqtisodiyotning real sektoriga uzoq muddatli va toʻgʻridan-toʻgʻri, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha mavjud imkoniyatlarni kengaytirish va koʻzlangan islohotlarni samarali amalga oshirishdagi ustuvor vazifalar davlatimiz rahbarining 2019 yil 14 yanvardagi “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida belgilab qoʻyildi.Mazkur farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligini tashkil etiladi. Ushbu agentlik Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining shtat birligi, shuningdek, qimmatli qogʻozlar bozorini, shu jumladan, qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysini tartibga solish, korporativ boshqaruvni rivojlantirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining lotereyalarni tashkil etish faoliyati boʻyicha vazifa, funksiya va vakolatlarini beradi.