Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kang Sangjin: O‘zbekiston erishayotgan yutuqlar yuksak hurmat, e’tirofga loyiq!
19:13 / 2025-08-27

Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!

– Koreya Eksport-import banki O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli amaliy, uzoq muddatli va barqaror hamkorlik tarafdori, – deydi Koreya eksport-import bankining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Kang Sangjin. – Jamoamiz faqat qisqa muddatli natijalarga e’tibor qaratish bilan cheklanmay, Koreyada bo‘lgani kabi, siyosatga asoslangan rivojlanish tajribasi va moliyaviy vositalardan foydalanib, O‘zbekiston biznesi va tarmoqlari o‘sishini qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan.

Respublika islohot va liberallashtirish orqali jadal o‘sish sur’atini ta’minlash, jozibador investitsiya muhitini yaratish orqali ajoyib muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Mamlakatlarimizning sanoat tuzilmasi, texnologik imkoniyat va rivojlanish ehtiyoji bo‘yicha bir-birini to‘ldiradigan xususiyatlarini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Koreya kompaniyalari uchun uzoq muddatli asosiy hamkorga aylanib bormoqda.

Fursatdan foydalanib, o‘zbek xalqini Mustaqillikning 34 yilligi bilan samimiy tabriklayman.

O‘zbekiston ichki va tashqi siyosat bobida, iqtisodiyot va ijtimoiy sohada erishayotgan salmoqli yutuqlar yuksak hurmat, e’tirofga loyiq. Ishonamanki, mamlakat bundan buyon ham jamiyat taraqqiyotida yuksak natijalarga erishadi.

O‘zA