Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kanallarni betonlash bo‘yicha zarbdor yilda ishlar qanday tashkil qilinmoqda? (+video)
12:33 / 2024-01-19

Respublikamizda foydalanishda bo‘lgan, ammo ortiqcha suv resurslarining isrofgarchiligiga sabab bo‘layotgan tuproq o‘zanli kanal, ichki sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, eng asosiysi, betonlashtirish borasida keng miqyosli ishlar boshlab yuborildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023 yil 29 noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida sug‘orish tarmoqlarida suv yo‘qotishlarini keskin kamaytirish maqsadida 2024 yil “kanallarni betonlash bo‘yicha zarbdor yil” deb e’lon qilindi.

Mazkur yig‘ilishda suv xo‘jaligidagi eng dolzarb muammoli masallardan biri bo‘lgan kanallarda ortiqcha suvning yo‘qotilishiga alohida e’tibor qaratilib, kanallarni betonlashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bu boradagi vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2024 yilda Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar hisobidagi 1 ming 500 kilometr, ya’ni 2023 yilga nisbatan 4 barobar ko‘p magistral va xo‘jaliklararo kanallarni betonlash hamda 2025 yilda kamida 2 ming kilometr kanallarni betonlash vazifasi belgilab olindi.

Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun Hukumatning tegishli qarori qabul qilinib, tizimdagi tashkilotlar hisobidagi betonlash ishlari amalga oshiriladigan kanallarning manzilli ro‘yxatlari tasdiqlangan. Mazkur qaror bilan Suv xo‘jaligida “favqulodda ishlash tizimi”ni tashkil qilish bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatadigan Respublika va Hududiy shtablar tashkil etildi.

Magistral va xo‘jaliklararo kanallarni betonlash ishlari vazirlik tizimidagi “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari buyurtmachiligida ob’ektlarning tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshirilmoqda.

Bunda, kanallarni betonlashtirish bo‘yicha ekspluatatsiya tashkilotlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda loyihaoldi birlamchi hujjatlar, nuqson dalolatnomalar tayyorlanib, eng maqbul loyihaviy yechimlarni hisobga olgan holda loyihani ishlab chiqish uchun texnik topshiriq tasdiqlanadi va loyihachiga beriladi.

Tasdiqlangan texnik topshiriqqa muvofiq, ob’ektlarning loyiha-smeta hujjatlari tegishli loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgandan so‘ng, buyurtmachi va ekspluatatsiya tashkilotlari hamda vazirlikning Tarmoq ilmiy-texnik kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bunda, har bir ob’ektning loyihaviy yechimlarning to‘g‘ri tanlanganligi, samaradorligi, zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalar va materiallardan foydalanilganligi ko‘rib chiqiladi hamda tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar beriladi.

- Kuzgi-qishki irrigatsiya va meloratsiya chora-tadbirlarini amalga oshirish jarayonida biz barcha suv xo‘jaligi tizimi tashkilotlari xodimlari, ekspertlari hududlarga chiqib tushuntirish ishlari olib bormoqdamiz, - deydi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamrayev. - Chunki, ariqlarni qanday nishablikda, qanday kenglikda, qanday chuqurlikda qilish kerakligini suv xo‘jaligi tizimi xodimlari biladi. Qancha qum, qancha shag‘al, qancha sement qo‘shish kerak? Buni mutaxassislar albatta joyiga chiqib, tushuntirib kelmoqdalar. Kerakli joylarda vibratsiya qilib ko‘rish kerak. Sifatini doimiy nazoratga olish zarur va bu borada biz amaliy yordam ko‘rsatyapmiz. 

Loyihalashtirilgan ob’ektlar bo‘yicha atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatilishi hamda ekologik oqibatlar to‘g‘risidagi bayonot loyihasi ishlab chiqilgandan so‘ng Ekologiya, atrof-muhitni mohofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi organlarining Davlat ekologik ekspertiza xulosasi olinadi.

Shuningdek, har bir ob’ektning loyiha-smeta hujjatlari Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKning ijobiy ekspertiza xulosalari olingandan so‘ng bosh pudratchi tashkilotni aniqlash uchun “Shaffof qurilish” elektron platformasi orqali tender savdolariga e’lon joylashtiriladi.

Elektron tender savdolari natijalariga ko‘ra aniqlangan bosh pudratchi tashkilot bilan buyurtmachi o‘rtasida pudrat shartnomasi imzolanib, qurilish-montaj ishlari sifatli qilib bajariladi.

Qurilish-montaj ishlari bajarilishi ustidan, buyurtmachining texnik nazorati, loyihachi tashkilotning mualliflik nazorati o‘rnatiladi, shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirlining Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi ro‘yxatidan o‘tkazilib, tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq sifat nazorati olib boriladi.

Ob’ektlarda qurilish ishtirokchilari tomonidan yong‘inga qarshi, atrof-muhit va ekologiyani muhofaza qilish talablari, ishlovchilarning mehnat xavfsizligi va muhofazasi talablariga rioya qilinishi yuzasidan pudratchi tashkilotlarga zaruriy ko‘rsatmalar berilib, ijrosi buyurtmachilar tomonidan qat’iy nazoratga olingan.

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/nCbwBFRwn7E" title="Kanallarni betonlash boʻyicha zarbdor yilda ishlar qanday tashkil qilinmoqda?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov

Abror Sodiqov

Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA