Ma’lumki, sug‘orish tarmoqlarida suv yo‘qotishlarini keskin kamaytirish maqsadida davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2024 yil “kanallarni betonlash bo‘yicha zarbdor yil” deb e’lon qilingandi. Buning uchun davlat byudjetidan qo‘shimcha 500 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshiriladigan 12 ta loyiha doirasida suv xo‘jaligi infratuzilmasini rekonstruksiya qilishga qariyb 263 mln AQSH dollari yo‘naltirildi.
Ushbu mablag‘lar hisobiga 1.5 ming km magistral va xo‘jaliklararo kanallarni, bundan tashqari 3.5 ming km ichki tarmoqlarni betonlash ko‘zda tutilgan. Ya’ni, 2023 yilga nisbatan 4 barobar ko‘p magistral va xo‘jaliklararo kanallarni betonlash hamda 2025 yilda kamida 2 ming kilometr kanallarni betonlash vazifasi belgilab olingan.
Jumladan, barcha hududlarda bo‘lgani kabi Toshkent viloyati tumanlarida ham kuz mavsumiga belgilangan reja doirasida ichki ariq va kanallarni betonlashtirish ishlari boshlab yuborildi. O‘rta Chirchiq tumani “Do‘stlik “ hududidagi “Istiqlol” fermer xo‘jaligidan oqib o‘tadigan katta yo‘l yoqasidagi ichki ariq ancha yillardan beri ta’mirga muhtoj edi. Fermer xo‘jaligining qariyb 200 gektar maydonida yetishtiriladigan g‘alla va paxta ushbu ariqdan suv ichadi. Ba’zan, mavsumda ariqda suv kamayib ketardi. Uning uzunligi 2,5 km bo‘lib, suv tarmog‘ining bir qismi lotoklashtirilgan. Shu kunlarda O‘rta Chirchiq «Suv yetkazib berish xizmati» ishchi –xodimlari hamda fermerlar mazkur suv tarmog‘ini qolgan qismini betonlashtirishga kirishdilar. Suvchilar va dehqonlar shu kungacha ariqning salkam besh yuz metr qismini betonlashtirib bo‘lishdi.
Shuningdek, tumandagi “Turon” fermer xo‘jaligi hududidan oqib o‘tuvchi ichki ariqlar ham betonlashtirilmoqda.
- “Toshkent-Ohangaron” avtomobil trassasi bo‘yidagi ushbu ariq fermer xo‘jaligi va mahalliy aholi uchun katta ahamiyatga ega, - deydi Chirchiq-Ohangaron ITHB boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Alijon Zokirov. - Agar ariq to‘la betonlashtirilsa, suvning ma’lum miqdori tejab qolinadi. Bugun ariqning qariyb 500 metr qismi betonlashtirildi. Unda 100 nafar suvchi va fermer xo‘jaligi xodimlari faollik ko‘rsatishmoqda. Ichki ariqning uzunligi 1,5 kilometrni tashkil qiladi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/qKpbNFuum_0" title="Kanallarni betonlash boʻyicha zarbdor yil davom etadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kuzgi-qishki irrigatsiya va meloratsiya chora-tadbirlarini amalga oshirish jarayonida suv xo‘jaligi tizimi tashkilotlari xodimlari, ekspertlari hududlarga chiqib, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borishmoqda. Chunki, ariqlardan uzoq vaqt foydalanishlari uchun sifatli qilib ishlarni bajarish zarur.
Umuman, respublika bo‘yicha 2024 yilning 9 oyida 533 km kanallar rekonstruksiya qilindi, shundan 374.3 km kanallar betonlashtirildi. Klaster va fermer xo‘jaliklari tomonidan betonlangan kanallarning uzunligi salkam 14 000 kilometrni tashkil etdi.
Sanjar Toshpo‘latov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA