Kanal o‘zaniga chang solgan huquqbuzar ushlandi
Surxondaryo viloyati ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi nazoratchilari o‘tkazgan navbatdagi tezkor reyd chog‘ida Sho‘rchi tumanining Oqqo‘rg‘on mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi kanal o‘zanidan qum xomashyosini o‘zboshimchalik bilan qazib olayotgan shaxs aniqlandi.
Shu kuni sho‘rchilik Jovliboy Yo‘ldoshev (ism-sharif o‘zgartirildi) o‘ziga tegishli maxsus texnika yordamida kanal o‘zanidan qum xomashyosini noqonuniy qazib olayotganida tabiat jonkuyarlari qo‘liga tushdi.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 70-moddasi 1-qismi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, kanal o‘zaniga chang solgan tabiat kushandasiga 4 million 120 ming so‘m miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi. Jovliboy Yo‘ldoshevdan, shuningdek, tabiatga yetkazilgan zarar uchun ham 372 ming so‘m undirib olinadigan bo‘ldi.
Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri