Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kanadaning yangi Bosh vaziri saylandi
17:43 / 2025-03-10

Bosh vazir Jastin Tryudo iste’foga chiqqandan so‘ng Kanada Markaziy banki sobiq rahbari Mark Karni hukmron Liberal partiya yetakchisi etib saylandi. Endi u mamlakatning yangi Bosh vaziri bo‘ladi. Bu haqda partiya ijtimoiy tarmoq orqali tarqatgan bayonotda aytilgan.

Yashirin ovoz berish natijasidan keyin yangi liberal yetakchi tanishtirilgan.

Karni o‘z navbatida darhol Kanada hech qachon Qo‘shma Shtatlar tarkibiga kirmasligini e’lon qildi.

- AQSH Kanada emas va davlatimiz hech qachon, biror ko‘rinish yoki shaklda Amerikaning bo‘lagi bo‘lmaydi, - dedi u Ottava bilan Vashington o‘rtasidagi savdo boji bilan bog‘liq munosabatda yuzaga kelgan keskinlik sharoitida qilgan murojaatida. - Bu bahsni biz boshlamadik... Savdoda ham, xokkeyda bo‘lgani kabi, Kanada g‘alaba qozonadi.

Karni 2008 yil kuzatilgan moliyaviy bo‘hron davrida mamlakat iqtisodiyotini inqirozdan qutqarib qolgan iste’dodli iqtisodchidir. Mark keyinchalik Angliya Bankini boshqargan ilk xorijlik mutaxassisga aylandi va shu lavozimda 2020 yilgacha ishladi. So‘ngra BMTda Iqlim o‘zgarishi va moliya bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha maxsus vakil sifatida faoliyat olib bordi.

O‘n yil davomida hukumatni boshqargan Tryudo o‘z ma’muriyatining migratsiya siyosatidan noroziligi va mamlakatda yuzaga kelgan yuqori inflyatsiya sharoitida vakolatini topshirdi.