Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kanadaliklar "oy" jinoyati uchun jazo joriy etmoqchi
12:03 / 2022-04-29

Kanada hukumati oyda sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi Jinoyat kodeksiga tuzatishlar kiritish uchun parlamentga murojaat qildi, deb xabar bermoqda CBC telekanali.

Milliy jinoiy kodeksi kanadalik astronavtlarni XKSga kosmik parvoz paytida jinoyat sodir etishdan ehtiyot qilib turadi. U yerda qilingan har qanday noqonuniy harakat Kanadada sodir etilgan hisoblanadi.  

Kanada "Lunar Gateway" loyihasiga qo‘shilgan. Uning a’zolari oyga sayohat qilishni rejalashtirmoqda. Kanada Jinoyat kodeksining yangi tahririda Oy orbitasida qurilishi rejalashtirilgan Gateway stansiyasida ushbu stansiyaga tashish paytida yoki Oy yuzasining o‘zida sodir etilgan jinoyatlar hisobga olinadi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar 2020 yildan boshlab Oy orbitasida Gateway stansiyasini qurishni rejalashtirgan. Xalqaro kosmik stansiyadagi hamkorlarni loyihada ishtirok etishga taklif qilmoqda. 2023 yilda o‘ta og‘ir toifadagi Falcon Heavy tashuvchisi stansiyaning birinchi ikkita modulini – quvvat harakatlantiruvchi PPE hamda turar joy va yuk HALO ni Oyga olib chiqishi kutilmoqda.  

2020 yil dekabr oyida Kanada kosmik agentligi (CSA) va NASA Kanadaning “Lunar Gateway” loyihasidagi ishtirokini tasdiqlovchi kelishuvni imzolagan. 

O‘zA