Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti “Metallurgiya” kafedrasida Kanadaning Saskachevan universiteti professori Shafiq Alam bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalarga saboq berib kelmoqda.
– O‘zbekistonga birinchi bor kelishim. O‘zbek xalqining mehmondo‘stligi meni maftun etdi, – deydi kanadalik olim. – Talabalarning chet tilida erkin muloqot qilishi, ularning intilishi, bilim olishga bo‘lgan qiziqishlari havasimni keltirdi. Kelgusida ilmiy loyihalar bo‘yicha yana hamkorlik qilish niyatidaman.

Kanadaning Saskatun shahrida joylashgan Saskachevan universitetida dunyoning 130 mamlakatidan kelgan 26 ming nafardan ortiq talaba tahsil oladi. Kelgusida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti hamda Saskachevan universiteti o‘rtasida ilmiy stajirovka va talabalar almashinuvi dasturlari doirasida hamkorlik qilish rejalashtirilgan.

Ingliz tilida olib borilayotgan darslar 22 fevralgacha davom etadi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri