Kanadada roʻy bergan otishmada qurbonlar soni 23 kishiga yetdi
Qurbonlar orasida kanada politsiyasida 23 yildan buyon xizmat qilib kelayotgan ayol ham bor.
Kanadaning Yangi Shotlandiya viloyatida roʻy bergan otishmada qurbon boʻlganlar soni boʻyicha politsiya maʼlumotni eʼlon qildi.
“Biz 23 ta halok boʻlganlarni sanadik. Ularning orasida bir nafar 17 yoshga yetmagan oʻsmir ham bor, qolganlari katta yoshdagi erkak va ayollar“ – deyiladi xabarda.
Qurbonlar orasida kanada politsiyasida 23 yildan buyon xizmat qilib kelayotgan ayol ham bor.
Qonun posbonlari avval ham otishma qurbonlari soni ortishi mumkinligini aytgan edi, chunki bir nechta qurbonlar oʻt ochilganda yonib ketgan uyda qolgan boʻlishi mumkin.
Kanada politsiyasi 18-aprel kuni oqshomda 51 yoshli Gabriel Uortman odamlarga qarata oʻt ochgani haqida maʼlum qilgan edi. Fojia Portapik shahri hamda boshqa bir nechta aholi yashash punktlarida sodir boʻlgan.
Politsiya jinoyatchini 12 soat davomida taʼqib qilgan. Uni zararsizlantirish amaliyoti ertasi kuni ertalab Galifaks shahrida nihoyasiga yetkazildi. Jinoyatchi otib oʻldirilgan.
Uortman politsiyachilarga oʻxshab kiyingan, lekin politsiya xodimi boʻlmagan. Uning ushbu jinoyatga qoʻl urishiga nima sabab boʻlgani nomaʼlumligicha qolmoqda.