Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kanadada plastik idishlardan uy qurildi
12:41 / 2022-11-05

Kanadada deyarli 1,2 million dona qayta ishlangan plastik idishlardan uy qurildi.

Idishlardan qurilish panellariga aylanadigan granula tayyorlandi. Ular suv o‘tkazmaydigan va besh toifali bo‘ronga bardosh bera oladigan darajada kuchli. Loyiha yaratuvchilarining ta’kidlashicha, bu kabi uylar chirimaydi va mog‘orlamaydi hamda panellarni yig‘ish bir haftadan kamroq vaqtni oladi.   

Shuningdek, Hindistonda bir necha marta ishlatiladigan plastmassa mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish taqiqlangan. Joriy yilning 1 iyulidan Hindistonda 19 turdagi bir martalik plastik mahsulotlarni sotish, ishlab chiqarish va import qilishni taqiqlash boshlandi. Bular – stakanlar, ichimlik tayoqchalari, muzqaymoq tayoqchalari, paxta tayoqchalari, qadoqlash plyonkasi va ayrim turdagi polietilen paketlardir.  

Bu qaror hukumatning plastik chiqindilar miqdorini kamaytirish rejasi doirasida qabul qilingan. Har yili Hindistonda 4 million tonnaga yaqin shunday chiqindilar ishlab chiqariladi, ularning faqat bir qismi qayta ishlanadi, qolgan qismi chiqindixonalar, dalalar va daryolar yoki okeanga tashlanadi, deb yozadi “Sof energiya”.   

O‘zA