Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kanadada emlanmaganlar soliqqa tortilishi mumkin
18:38 / 2022-01-13

Kanadaning Kvebek provinsiyasida koronavirusga qarshi emlanmagan fuqarolar soliqqa tortilishi mumkin. Bu haqda provinsiya bosh vaziri ma’lum qildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tartib faqat Kvebek provinsiyasiga tegishli. U, shuningdek, aholidan bu harakatni “sog‘liqni saqlash badali” deb atashlarini so‘ragan.

– Mazkur chora-tadbirlar vaksinani rad etuvchi fuqarolar butun aholi uchun moliyaviy og‘irlik yaratayotgani uchun ko‘rilmoqda, – deya ta’kidlagan vazir.

Masalan, Portugaliyada 1-10 yanvarlarda mamlakatga kelgan ikki ming ikki yuzdan ortiq sayohatchi virusga test topshirmagani uchun jarimaga tortilgan. Shu bilan birga, 41 ta aviakompaniya ham o‘sha sayyohlarni test natijasisiz mamlakatga olib kirgani uchun tanqid qilingan, ular jarimaga tortilgan.

Ma’lumot o‘rnida, ko‘plab mamlakatlarda koronavirus bilan kasallanish holatlari yana ortmoqda. Fransiyada 24 soat ichida 368 ming 149 kishi infeksiyani yuqtirgani ma’lum qilindi. Xuddi shu paytda Italiyada 220 ming 532, Argentinada esa 134 ming 439 nafar fuqaroda kovid aniqlangan.

O‘zA