Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kanada xavfsizlik yo‘lida muhim qadam tashladi
13:28 / 2025-06-24

Donald Tramp boshchiligidagi AQSHga qaramlikni kamaytirish uchun kurashayotgan Kanada Bosh vaziri Mark Karni Yevropa Ittifoqi bilan xavfsizlik va mudofaa sohasida hamkorlik shartnomasini imzoladi. Bu haqda Politico yozgan.

Bitim imzolashdan ko‘zlangan asosiy maqsad YeIning ko‘p milliard yevrolik “ReArm Europe” tashabbusi doirasida yangi mudofaa xarajati dasturlarida ishtirok etish.

– NATO jamoaviy mudofaa asosi bo‘lib qoladi, bu hamkorlik esa bizga tayyorgarlikni tezroq va yaxshiroq olib borish – sohaga ko‘proq va oqilona sarmoya kiritish imkonini beradi, – dedi Yevropa Kengashi rahbari Antonio Kosta.

Yevropa Komissiyasi yetakchisi Ursula fon der Lyayen qo‘shimcha qilishicha, ushbu qadam Kanadaning "jadal rivojlanayotgan ko‘hna qit’a mudofaa tizimidagi o‘rnini mustahkamlaydi va bu faqat boshlanishi”.

Musulmon Ziyo, O‘zA