Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kanada va Meksika yangi qo‘shma savdo harakat rejasini e’lon qildi
18:36 / 2025-09-19

Bosh vazir Mark Karni idorasi ma’lum qilishicha, Kanada va Meksika juma kuni Qo‘shma Shtatlar bilan kelishmovchilik sharoitida yangi qo‘shma savdo harakati rejasini e’lon qildi.

U Meksika Prezidenti Klaudiya Sheynbaum bilan savdo, energiya va xavfsizlik masalalarini muhokama qilish uchun 18-19 sentyabr kunlari Mexikoga tashrif buyuradi.

— Rahbarlar keng qamrovli strategik sheriklik va Kanada — Meksika o‘rtasidagi yangi harakatlar rejasini qabul qiladi, — deyilgan idora bayonotida. — Ikki davlat energetika, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash kabi sohalarda o‘zaro savdoni chuqurlashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.

Shuningdek, tomonlar Qo‘shma Shtatlar bilan uch tomonlama savdo bitimini qayta ko‘rib chiqish jarayonida sa’y-harakatni muvofiqlashtirishga kelishib oldilar.

S.Rahimov, O‘zA