Kanada Rossiyaga qarshi sanksiyani kengaytirdi
Kanada Rossiya bo‘yicha sanksiyani kengaytirib, ro‘yxatga yana 30 jismoniy shaxsni kiritdi, deb xabar tarqatdi ushbu mamlakat hukumati.
Ta’kidlanishicha, sanksiyaga tushganlar yaqinda “Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlarida” bo‘lib o‘tgan saylovda ishtirok etgan. Ular Xerson viloyatida mahalliy dumaga "noqonuniy saylov"ga nomzodini ko‘rsatgan.
2022 yil 23-27 sentyabr kunlari Donetsk va Lugansk xalq respublikalari hamda Xerson va Zaporoje viloyatining RF tarkibiga qo‘shilishi bo‘yicha referendum o‘tkazilgan. 100 foiz byulleten qayta ishlangandan keyin ovoz beruvchilarining asosiy qismi RF tarkibiga o‘tishni ma’qullagani aytilgan. Prezident Vladimir Putin 30 sentyabr kuni Kremlda referendum yakuni bo‘yicha chiqish qilib, keyin ushbu hudud rahbarlari bilan Rossiya tarkibiga kirish bo‘yicha shartnoma imzolagan.