English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kanada o‘rmonlaridagi tutun G‘arbiy Yevropagacha keldi
14:04 / 2023-06-27

Buyuk Britaniya milliy meteorologiya xizmati – “Met Office” ijtimoiy tarmoqda yozishicha, Kanadada o‘rmonlari yonishidan chiqqan tutun Atlantika okeani ustidan o‘tdi va G‘arbiy Yevropa osmonida ko‘rindi.

Avvalroq jamoatchilik xavfsizligi vaziri Bill Bler Kanadada joriy yil yuz bergan yong‘in yuz yillikdagi eng yirigi ekanini ta’kidlagan edi. Uning aytishicha, Albert, Kvebek, Yangi Shotlandiya kabi qator muzofotlardagi o‘tni o‘chirishda, taxminan, 5 ming mutaxassis band, mamlakat bo‘ylab jami mingdan ziyod xalqaro yong‘in o‘chiruvchi ishlamoqda.  

So‘nggi haftalarda Kanadada o‘rmon yong‘ini avjiga chiqib, ko‘plab hududlarni qamrab oldi. Ayni payt 400 dan ko‘proq o‘choq qayd etilgan, 200 dan ortiq nuqtani hozircha bartaraf qilib bo‘lmayapti.