Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kanada maktablaridan birida otishma yuz berdi (+video)
13:56 / 2026-02-11

Kanadada otishma natijasida 10 kishi, jumladan hujum qilgan shaxs ham halok bo‘ldi. Hodisa Tambler-Rij shahridagi yuqori sinf o‘quvchilari ta’lim oladigan maktabda yuz bergan. Hujumchining shaxsi hozircha oshkor etilmagan, deb xabar berdi DW nashri.

Otishma oqibatida kamida 25 kishi yaralangan. Ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir ekani xabar qilinmoqda. Politsiya bayonotiga ko‘ra, halok bo‘lgan olti kishining jasadi maktab binosi ichidan topilgan. Yana bir jabrlanuvchi esa kasalxonaga olib ketilayotganida vafot etgan.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, yana ikki nafar halok bo‘lgan shaxsning jasadi hodisa bilan bog‘liq joydan topilgan. Hujumchi deb taxmin qilinayotgan shaxs o‘z joniga qasd qilgan. Dastlab Kanada ommaviy axborot vositalari otishmani ayol kishi sodir etgani haqida yozgan. Ammo, politsiya hujumchining shaxsini aniqlagan bo‘lsa-da, bu haqda batafsil ma’lumot bermagan.       

<iframe width="484" height="860" src="https://www.youtube.com/embed/UeyHaPG-raY" title="Kanada maktablaridan birida otishma yuz berdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>     

Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA