Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kanada g‘arbida kuchli o‘rmon yong‘ini davom etmoqda
20:10 / 2024-05-13

Kanadada mavsumning ilk yirik o‘rmon yong‘ini yakshanba kuni mamlakat g‘arbi bo‘ylab, taxminan, 10 000 gektar maydonga tarqaldi.

AzerTAJ ma’lum qilishicha, hukumat eng g‘arbiy provinsiya – Britaniya Kolumbiyasi uchun evakuatsiya to‘g‘risida buyruq chiqargan va hududda havo sifati yomonlashganidan ogohlantirgan.

Shimoliy Rokki munitsipaliteti va Fort Nelson mintaqasining minglab aholisi ko‘chirildi, chunki shu yaqin atrofda yong‘in qamrovi qariyb ikki barobar oshib, 4136 gektarni qopladi.

Mer Rob Freyzer televideniyega bergan intervyusida Fort Nelson va atrofdagi 3500 kishi evakuatsiya qilinganini aytdi.

Federal hukumat Kanadani yana bir “halokatli” o‘rmon yong‘ini mavsumi kutayotganidan ogohlantirdi. Zero, Al-Niniyo hodisasi tufayli mamlakatning ko‘p qismida bahor va yozda harorati odatdagidan issiq kelishi taxmin qilinyapti.

Kanada bu yil eng issiq qishlardan birini boshdan kechirdi, ko‘p hududlarda qor kam kuzatildi yoki umuman yog‘madi. Davom etayotgan qurg‘oqchilik sharoitida o‘rmon yong‘inini keltirib chiqaradigan issiq yoz oldidan xavotir kuchaymoqda.