Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kanada AQSHga javobni kechiktirdi
17:25 / 2025-07-14

Kanada hozircha AQSHdan kirib keladigan po‘lat va alyuminiyga qo‘shimcha boj joriy etmaydi. Bunga sabab sifatida Prezident Donald Tramp muzokara muddatini 1 avgustgacha uzaytirish haqida xat yuborgani ko‘rsatilgan. "Politico" nashri yozishicha, avvaliga Otava 21 iyuldan boshlab Amerika metallariga qarshi tarifni 25 foizdan 50 foizga chiqarishni ko‘zlagan, keyinchalik har ikki tomon kelishuvga erishish umidida vaqtni cho‘zishga qaror qilgan. Hozirgi soliq miqdori muzokara davomida saqlanib qoladi.

Tramp o‘z maktubida Kanada mahsulotlariga 35 foizgacha tarif qo‘llanishi mumkinligini yozgan. Oq uy vakillari bu chora faqat ba’zi tovarlarga tegishliligini ta’kidlamoqda.

Kanada Bosh vaziri Mark Karni ushbu tahdid asnosida muzokarani davom ettirishga tayyorligini bildirgan. U 22 iyul kuni gubernatorlar bilan uchrashib, mazkur masalani muhokama qiladi.

Qo‘shma Shtatlar yetakchisi ko‘rilayotgan choralarni fentanil kontrabandasiga qarshi kurash bilan izohladi. Rasmiy statistika esa shimoldagi davlatdan kirayotgan fentanil ulushi 0.1 foizdan ham pastligini ko‘rsatmoqda.

Tomonlar vaqtincha murosaga kelgan bo‘lsa-da, 1 avgustga qadar kelishuvga erishilmasa, ikki tomonlama savdo jarayonida keskinlik kuchayishi mumkin.

Musulmon Ziyo, O‘zA