Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kanada amaldagi Olimpiya chempionini taslim etib, finalga yo‘l oldi
12:46 / 2026-02-21

Italiyada davom etayotgan qishki Olimpiya o‘yinlari yakunlanishiga bir kun qoldi. Ushbu yirik sport tadbirining xokkey dasturida finalchilar nomi aniq bo‘ldi.

Xokkey bahslarining yarim finalida amaldagi chempion Finlyandiya kutilmaganda Kanadaga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, AQSH terma jamoasi Slovakiyani yirik 6:2 hisobida dog‘da qoldirdi. 

Shu tariqa, AQSH va Kanada terma jamoalari final uchrashuvida Olimpiada chempionligi uchun raqobatlashsa, Finlyandiya va Slovakiya bronza medal uchun o‘zaro to‘qnashadi.

Quyida medal jamg‘arish bo‘yicha top-10 talik bilan tanishasiz: 

1. Norvegiya — 17 ta oltin, 10 ta kumush, 10 ta bronza (jami 37)
2. AQSH — 10 ta oltin, 12 ta kumush, 7 ta bronza (29)
3. Italiya — 9 ta oltin, 5 ta kumush, 13 ta bronza (27)
4. Niderlandiya — 8 ta oltin, 7 ta kumush, 3 ta bronza (18)
5. Germaniya — 6 ta oltin, 8 ta kumush, 8 ta bronza (22)
6. Fransiya — 6 ta oltin, 8 ta kumush, 6 ta bronza (20)
7. Shveysariya — 6 ta oltin, 6 ta kumush, 5 ta bronza (17)
8. Shvetsiya — 6 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza (16)
9. Avstriya — 5 ta oltin, 8 ta kumush, 5 ta bronza (18)
10. Yaponiya — 5 ta oltin, 7 ta kumush, 12 ta bronza (24)

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA