French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kamron Ismoilov jahon kubogi sovrindoriga aylandi
08:33 / 2025-12-14

Poytaxtimizdagi «Paxtakor» sport majmuasi qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichiga mezbonlik qilmoqda. Musobaqada dunyoning eng iste’dodli, eng kuchli shpaga ustalari g‘oliblik uchun bellashayotir.

Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasidan tashqari Ozarbayjon, Misr, Gretsiya, Hong Kong, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Saudiya Arabistoni, Meksika, Nigeriya kabi davlatlardan kelgan qilichbozlar ham ishtirok etmoqda.

Jahon kubogi bosqichining ilk kungi yakkalik bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Kamron Ismoilov yarim finalgacha yetib borib, musobaqani bronza medal bilan yakunladi. Ushbu yo‘nalishda oltin va kumush medal Kirill Proxodov (Qozog‘iston) hamda Chen Bing-Jyunga (Xitoy Taypeyi) nasib etdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA