French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kamondan va parakamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati
18:12 / 2025-04-18

Kamondan otish qadimdan mavjud sport turi bo‘lib, u nafaqat jismoniy kuchni, balki diqqatni jamlash va ruhiy barqarorlikni ham talab qiladi.

Iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash maqsadida Qashqadaryo viloyatida 16-19 aprel kunlari kamondan va parakamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 270 nafar kamonchi va 52 nafar parakamonchi mamlakat chempioni unvoni uchun kurash olib bormoqda.

16 aprel kuni ushbu sport turi musobaqalariga start berildi va kvalifikatsiya raundi ham bo‘lib o‘tdi.

Jamoalar 17 aprel kuni musobaqaning final bosqichi, 18 aprel kuni miks (aralash) jamoalar, bundan tashqari, jamoa birinchiliklarida o‘zaro kuch sinashdilar.

Uch kunlik musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra, 19 aprel kuni musobaqaning yopilish marosimi hamda g‘olib bo‘lgan jamoalarni taqdirlash jarayoni bo‘lib o‘tadi.

N.Rahmonova, O‘zA