Kamonchilarimizning Rossiyadagi muvaffaqiyati
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, shu kunlarda Rossiyaning Oryol shahrida kamondan otish bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.
Kecha, 21 yanvar kuni musobaqaning aralash juftlik dasturida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Quvonarlisi, unda hamyurtlarimiz Amirxon Sodiqov hamda Ziyodaxon Abdusattorova juftligi barcha raqiblariga qaraganda chapdastligini namoyish etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, ayni dasturda bronza medali uchun kechgan bahsda yana ikki vakilimiz Ozodbek Ungalov hamda Kamola Yunusova raqiblarini mag‘lubiyatga uchratishdi va jamoamizga navbatdagi medalni taqdim qildi.
Xalqaro turnir bahslari 25 yanvarga qadar davom etadi.
O‘zA