French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kamonbozlarimiz Parijda bahslashmoqda
09:00 / 2023-08-15

Fransiya poytaxti Parij shahrida kamondan otish bo‘yicha jahon kubogi boshlandi. 20 avgust kuniga qadar davom etadigan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar a’zosi – Ziyodaxon Abdusattorova hamda Amirxon Sodiqov ishtirok etadi.

Merganlarimiz jahon kubogi davomida yakkalik va mikst dasturlarida medallar uchun kurash olib boradi. 

Qayd etish joiz, mazkur musobaqa Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun sinov turniri vazifasini o‘tab beradi. Bellashuvlar XVII asrga oid “Nogironlar uyi” saroyida tashkil etiladi. Aynan ushbu manzil kelasi yil Olimpiya o‘yinlarining kamondan otish bahslariga mezbonlik qiladi. 


Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA