French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kamolot-tur” velomarafonining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi
14:01 / 2016-09-26

Poytaxtimizda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati ekologik toza transport tarafdori” shiori ostida “Kamolot-tur” IX yoshlar velomarafonining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Poytaxtimizda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati ekologik toza transport tarafdori” shiori ostida “Kamolot-tur” IX yoshlar velomarafonining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

2008-yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Kamolot-tur” velomarafoni yoshlarning sportga, xususan, velosportga qiziqishini oshirish, ularni jismonan sog‘lom, ruhan tetik qilib tarbiyalashda muhim omil bo‘lmoqda.

Musobaqaning Toshkent shahar bosqichida ikki yuzga yaqin havaskor velosportchi ishtirok etdi. 9-14 yoshli ishtirokchilar o‘rtasidagi bahslarda Bektemir tumanidan Fazliddin Ro‘zimov g‘alaba qozondi.

– Velosport bilan muntazam shug‘ullanaman, – deydi F.Ro‘zimov. – Bunday marafonlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini yanada kengroq targ‘ib qilishga xizmat qiladi. Musobaqaning mamlakat bosqichida ham muvaffaqiyatli qatnashish uchun bor kuch-imkoniyatimni ishga solaman.

Mirzo Ulug‘bek tumanidan Daniil Vostryakov 15-17 yoshli velosportchilar o‘rtasida, Javohir Egamberdiyev esa 18-30 yoshli velomarafonchilar o‘rtasidagi musobaqalarda birinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqa ishtirokchilari turli nominatsiyalar bo‘yicha faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandi.