English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kamolot” kubogi” urgutlik yoshlarda
16:43 / 2014-07-10

Samarqandda mini futbol bo‘yicha “Kamolot” kubogi” turnirining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Samarqandda mini futbol bo‘yicha “Kamolot” kubogi” turnirining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi doirasida viloyat madaniyat va sport ishlari, ichki ishlar boshqarmalari, viloyat futbol federatsiyasi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada bellashuvning dastlabki bosqichida g‘oliblikni egallagan jamoalar o‘zaro kuch sinashdi.

– Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda sportning ommaviyligini oshirish, ularni sportga keng jalb qilish muhim ahamiyatga ega, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi mutaxassisi Bekzod Mamatov. – Mazkur yo‘nalishda tashkilotimiz tomonidan ham izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Deyarli barcha korxona, tashkilot va muassasalardagi boshlang‘ich tashkilot a’zolari ishtirok etgan bugungi musobaqa bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Qizg‘in va murosasiz bahslar yakuniga ko‘ra, Urgut tumani jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va musobaqaning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.